Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi Shofirkon tumanidagi «Shibirg‘on» MFY binosida, ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib, ushbu sud majlisida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayolga hukm o‘qildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi raisi Jamolbek Jumaniyozov «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

R. Dostonova (ism-shariflar o‘zgartirilgan), 2018 yil 17 fevral kuni taxminan soat 20−00 larda o‘zi istiqomat qilib kelayotgan Shofirkon tumani «Shibirg‘on» mahalla fuqarolar yig‘ini, «Shibirg‘on» qishlog‘ida joylashgan yashash xonadoni yotoqxonasida fuqarolar A. B. hamda J. Sh. ga o‘zaro jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun sharoit yaratib berib, evaziga A. B.dan 10 000 so‘m miqdordagi pulni olib, fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Sudlanuvchi R. Dostonova sud majlisida aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, u 2018 yil 17 fevral kuni soat taxminan 17−00 larda hamqishlog‘i J. Sh. ga qo‘ng‘iroq qilib, xaq evaziga jinsiy aloqa qiladigan dugonasi bo‘lsa aytishini bildirganligi uchun uyida unga notanish ayol kelganligini, moddiy manfaaat evaziga jinsiy aloqa qilishga moyil bo‘lganligini, agar kelsa A. bilan o‘zaro gaplashib uyida jinsiy aloqada bo‘lishi mumkinligini bildirganidan so‘ng soat taxminan 19−30 larda J. uni uyiga kelganini va undan A. bilan necha so‘mga jinsiy aloqa qilishi mumkinligini so‘raganida u J.ga A.ni xonasini ko‘rsatib, A.ni o‘zi bilan gaplashishini aytgan.

Shundan so‘ng mijozlar o‘zaro kelishib, uni uyining yotoqxonasida jinsiy aloqada bo‘lishganini, u ularni jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, evaziga A. unga J. bergan 30 000 so‘mdan 10 000 so‘m pul mablag‘i berganini, 2018 yil 18 fevral kuni soat taxminan 9−00 larda hudud profilaktika inspektori Yo. Salimov yashash uyiga 2 nafar xolislar bilan kelib, A.ni J. bilan jinsiy aloqa qilganligi uchun sharoityaratib berib 10 000 so‘m pul olganligini, ushbu pulni o‘z ixtiyori bilan taqdim qilishini bildirishganidan so‘ng u 3 dona 10 000 so‘mlik kupyuradan 30 000 so‘m pul mablag‘ini profilaktika inspektoriga taqdim qilganini, hozirda qilmishidan pushaymondaligi haqida ko‘rsatuv berib, ayolligini inobatga olib unga nisbatan qonuniy yengillik berishni so‘radi.

R. Dostonova O‘zbekiston Respublikasi JK 131-moddasining 2-qismi bilan aybli deb topildi va unga shu moddaga asosan JKning 57-moddasini qo‘llab, oylik ish xaqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

R. Dostonovaga O‘zbekiston Respublikasi JKning 72-moddasi qo‘llanilib, ahloq tuzatish ishlari jazosi shartli hisoblanib, 1 yil sinov muddati belgilandi.

R. Dostonovaga yashash joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turishi, muayyan joylarda bo‘lmaslik, vaqti-vaqti bilan IIBdan ro‘yxatdan o‘tib turish majburiyatlari yuklatildi.