«O‘zneftgaz» kompaniyasi va Xitoyning CNPC korporatsiyasi ishtirokidagi «Mingbuloqneftgaz» qo‘shma korxonasi Namangan viloyatidagi Mingbuloq konidan birinchi neftni qazib oldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Energetika vazirligi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, quduqning juda chuqurligi (6000 metr va undan ortiq), plast bosimi (115 MPadan ortiq) va plast haroratning (Selsiy bo‘yicha 168 darajadan ziyod) yuqori ekani Mingbuloq konini o‘zlashtirishda asosiy qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda.

O‘zbekistondagi konni o‘zlashirishda SNPC Xitoyning Tarim botig‘idagi shu kabi konni o‘zlashtirishda orttirgan tajridasidan foydalanmoqda, deya aniqlik kiritdi vazirlik.

2011 yil oktyabrda CNPC va «O‘zbekneftgaz» Mingbuloq konini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha asosiy hamkorlik tamoyillari to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi.

Xitoy kompaniyasi loyihaviy quvvati yiliga 200 ming tonnaga neftni tashkil etuvchi konni o‘zlashtirishga 255,3 mln dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Mingbuloq koni 1992 yilda ochilgan edi. «O‘zneftgaz» ma’lumotlariga ko‘ra, konning qazib olinadigan jami zaxirasi 2 mln tonnaga yaqinroqni tashkil etadi.