Shu yilning 25−26 aprel kunlari Qozog‘istonning Qarag‘anda davlat universitetida xorijiy tillar bo‘yicha talabalar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali xabar berdi.

Unda Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan jami 200 nafar talaba ishtirok etdi.

Mazkur olimpiadada qatnashgan Samarqand davlat chet tillari instituti talabalari xitoy tili bo‘yicha birinchi, nemis tilidan ikkinchi, fransuz va ingliz tillari bo‘yicha uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

SamDCHTIning quyidagi talabalari sovrindorlar qatoridan joy olishdi:

Charos Hamdamova — birinchi o‘rin (xitoy tili);

Viktor Sundeyev — ikkinchi o‘rin (nemis tili);

Shaxzoda Asliyeva — uchinchi o‘rin (ingliz tili);

Aleksandra Kurtova — uchinchi o‘rin (fransuz tili).