2019 yil 22 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Jarariq mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan X.U. 2019 yil 17 mart kuni tug‘ilgan o‘g‘lini fuqaro N.N. ismli ayolga 4 mln. so‘mga sotib, kelishilgan pulning 1 mln. so‘mini Xo‘jaguzar mahallasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.