Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining iqtisodiyot fakulteti dekani X. A ni qo‘lga oldi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 19 aprel kuni dekan 4-kurs talabalari O.A. va Q.M.ni institut talabasi safidan chiqarish bilan qo‘rqitib, ularning har biridan 200 AQSH dollari talab qilib, jami 400 AQSH dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.