1 maydan boshlab «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi (Uzbekistan Airways) Toshkent-Jakarta-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha doimiy reyslarni amalga oshiradi. Haftada ikki marta parvoz qiluvchi samolyotlar bir martasida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurga qo‘nib o‘tadi.

MAK matbuot xizmatining xabar qilishicha, reyslar chorshanba va payshanba kunlari Boeing-767 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Chorshanba

  • HY-551 Toshkent 06:45 — Jakarta 21:00 (Kuala-Lumpur orqali)
  • HY-552 Jakarta 22:30 — Toshkent 07:00 (payshanba)

Payshanba

  • HY-553 Toshkent 21:25 — Jakarta 09:25 (juma)
  • HY-554 Jakarta 10:50 — Toshkent 21:35 (juma, Kuala-Lumpur orqali).