O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (11-sonli BHS) «Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar» 2019 yil 9 aprel kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Mazkur hujjat byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalarning qarz majburiyatlari bo‘yicha harajatlarini yuritish tartibini belgilaydi.

Qarz majburiyati bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:

qisqa va uzoq muddatli qarzlar bo‘yicha majburiyatlar;

byudjet ssudalari va boshqa qarzlar bilan bog‘liq foiz va penyalar;

moliyaviy ijara bilan bog‘liq to‘lovlar;

xorijiy valyutadagi qarzlar bo‘yicha xorijiy valyutalar o‘rtasidagi tafovutlar bilan bog‘liq to‘lovlar.

Shuningdek, mazkur hujjatda qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish, kapitalizatsiyalashtirish va uni to‘xtatish tartiblari belgilangan.