Kuni kecha Surxondaryo viloyati hokimi vazifasidan ozod etilgan Bahodir Po‘latov Surxondaryo xalqiga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Qadrli surxondaryoliklar!

Xalqi mard va tanti, tuprog‘i zar bu vohadagi faoliyatim davomida men bilan yelkama-yelka turib, birga ishlagan, qo‘llab-quvvatlagan Siz azizlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik va xotirjamlik tilayman. Surxondaryo yanada gullab yashnayversin!" deyiladi Bahodir Po‘latovning murojaatnomasida.