Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘qishga kiritish va’dasi bilan pul olmoqchi bo‘lgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

«Agrokimyo stansiyasi Toshkent filiali» MCHJ direktori vazifasini bajaruvchi M.B. fuqaro S.O‘.ni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 15.000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.