Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat Davlat xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, fuqaro Yu.A. ga tegishli bo‘lgan «Neksiya» avtomashinasi to‘xtatilib xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi. Natijada avtomashina yukxonasida hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 405,5 million so‘mlik 17 xil turdagi 328 dona uyali aloqa vositalari borligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.