Chorshanba kuni Qizilo‘rda viloyatida Qozog‘iston Mudofaa vazirligining Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Barcha ekipaj a’zolari — 13 kishi — halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Kazinform» AA.

Mi-8 to‘rtta harbiy vertolyot bilan Aktaudan Chimkentga yo‘l olganda qulab tushgan. «Parvoz „Altin jebe“ maxsus bo‘linmalarining qorong‘i vaqtlarda va murakkab meteorologik sharoitlarda kompleks tekshiruvi va maxsus o‘quvlar doirasida amalga oshirildi», deya qayd etdi Mudofaa vazirligi.

Ikkita vertolyot Qizilo‘rdaga qo‘ngan, uchinchisi hodisa joyiga qaytgan. Mudofaa vazirligi aviahalokat tafsilotlarini tergov qilmoqda. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha topshiriq berdi.