D.Jumayeva (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Navoiy shahar 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi lavozimida ishlab kelib, xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaro S.Olimovning voyaga yetgan qizi G. Olimovani bog‘chaga joylashtirish uchun navbatni tezlashtirish evaziga 1.000.000 mln. so‘m tama qilgan. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi sudyasi Ma’murjon Qodirovning O‘zAda e’lon qilingan maqolasida so‘z boradi.

Mudira 2018 yilning 12 oktyabr kuni soat 13:00 larda xizmat xonasida 100.000 so‘mni olib, 19:00 larda o‘zi istiqomad qiladigan uy oldida qolgan 900.000 so‘mni olgan vaqtida Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sud amaldagi Qonun talabidan kelib chiqib, uning yoshini, muqaddam sudlanmaganligini, shuningdek, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisining kafillik xatini e’tiborga olib, jazo tayinladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining 2019 yil 5 martdagi hukmiga ko‘ra, D.Jumayeva O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan aybdor deb topildi.

Mudira 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.