Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi «China Cup-2019» xalqaro musobaqasi doirasida Urugvayga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoyning Nanning shahrida «China Cup-2019» xalqaro musobaqasi ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 3:0 hisobida raqiblarimiz g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda gollarga Gaston Perreyra va Kristian Stuani (dubl) mualliflik qilishdi.

Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 mart kuni 3-o‘rin uchun bahsda Xitoyga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

O‘zbekiston — Urugvay 0:3

Gol: Gaston Perreyra (5), Kristian Stuani (24, 82)

O‘zbekiston: S.Quvvatov, F.Sayfiyev, A.Ismoilov, Ye.Krimets, D.Hoshimov, O.Ahmedov, O.Shukurov, J.Sidiqov (I.Aliboyev, 72), J.Masharipov, D.Hamdamov (S.Mirzayev, 64), E.Shomurodov (M.Bikmayev, 64).

Urugvay: F.Muslera, M.Kaseres, D.Godin, X.Ximenes, D.Laksalt, N.Nandez, M.Vesino, R.Bentankur, N.Lodeyro, K.Stuani, G. Pereyro.

Ogohlantirishlar: D.Hoshimov (59), J.Masharipov (79) — X.Ximenes (85)

Shuningdek, kecha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beradigan U-23 Osiyo chempionati saralash bahslarida «F» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston OTJ o‘zining dastlabki uchrashuvini hindistonlik tengqurlariga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuvda yaqqol ustunlikka ega bo‘lgan Lyubinko Drulovich shogirdlari yakunda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoa tarkibidagi gollarga Islom Qobilov hamda Bobur Abduxoliqov (2 bor) mualliflik qilishdi.

O‘zbekiston U-23 — Hindiston U-23 3:0

Gollar: Islom Qobilov 45′ (pen), B.Abduxoliqov 78′, 85′

O‘zbekiston: 1. Umidjon Ergashev, 2. Islomjon Qobilov, 5. Dilshod Saitov, 6. Nurillo To‘xtasinov, 7. Oston O‘runov, 8. Islom Kenjaboyev, 11. Mirjahon Mirahmadov, 15. Oybek Rustamov, 16. Azizbek Amonov, 19. Ilhom Alijonov, 20. Husniddin G‘ofurov.

Hindiston: 1. Diraj Singx, 3. Anvar Ali, 4. Golui Sartxak, 7. Anirud Txapa, 8. Rai Vinit, 9. Daniel Lalxlimpuiya, 12. Sahal Abdul Samad, 17. Rahul Kannoli Pravin, 19. Lalliansuala Chxangte, 21. Gaurav Bora, 22. Nishu Kumar.

O‘zbekiston OTJ guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini 26 mart kuni Tojikiston OTJga qarshi o‘tkazadi.