Rossiyalik aktyor va jamoat arbobi Yuriy Stoyanov O‘zbekistonning Rossiyadagi turistik brendi elchisi etib tayinlandi.

Tayinlov to‘g‘risida payshanba kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotda e’lon qilindi, deya xabar qildi respublikaning Rossiya poytaxtidagi elchixonasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Yuriy Stoyanov O‘zbekiston brendini yaratishga hojat yo‘qligi, shusiz ham u ming yillar, Buyuk Ipak yo‘li zamonidan beri mavjud ekanini ta’kidladi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, bu brendni dunyo maydonida tizimli asosda ilgari surish, jamoatchilikka o‘zbek yerining shonli o‘tmishini, ajdodlarining jahon ilm-fani, madaniyati va taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini eslatish lozim xolos.

U Rossiyada O‘zbekistonning turistik brendini ilgari surish uchun bor kuch va imkoniyatini ishga solishi, buning uchun barcha daraja va maydonlarda mamlakat tarixi, zamonaviy taraqqiyoti, qadr-qimmatlari va an’analari to‘g‘risida so‘zladi.