Hukumat qarori bilan, Alisher Abduhoshimovich Abdullayev «O‘zeltexsanoat» uyushmasining raisi etib, Mansur Rustamovich Hoshimov uyushma raisining birinchi o‘rinbosari etib, Umid Shavkat o‘g‘li Islom va Jahongir Jalilovich Jamolov uyushma raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, uyushmaning asosiy vazifasi xom ashyoni qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash asosida sanoatni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi