O‘zbekistonlik profesional bokschilar Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabr berdi.

Unga ko‘ra, Madrimov professional boksdagi ikkinchi jangini 9 mart kuni o‘tkazadi. Uning raqibi va jang qayerda bo‘lishi haqidagi ma’lumot yaqin soatlar ichida e’lon qilinadi.

Elnur Abduraimovning yangi jangi esa 23 mart sanasiga belgilandi. Jang Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilib, vakilimiz mezbon bokschi Dmitriy Xasiyevga qarshi ringga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Elnur shu paytgacha 3 marta profesional boksda jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. Xasiyev esa 11 marta jang qilib, 8 bor zafar quchgan (2 nokaut), 2 bor durang qayd etgan va 1 marta mag‘lubiyatga uchragan.