Hukumatning 2019 yil 25 fevraldagi qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, xorijiy fuqarolarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun haq oshirilgan miqdorda bozor narxlaridan kelib chiqib to‘lanadi.

Oshirilgan narxlar Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan belgilanadi.

Ilgari ushbu narx umumiy belgilangan narxlardan 20 foizga oshirilgan holda belgilangan edi.