2019 yilning 27 fevralida Jakarta shahrida O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ulug‘bek Rozuqulov Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN) bosh kotibi Dato Lim Jok Xoyga ishonch yorlig‘ini topshirdi va uni ushbu assotsiatsiyasida O‘zbekistonning elchisi etib tasdiqladi.

Uchrashuv davomidabosh kotib o‘zining O‘zbekistonning kompleks rivojlanish jarayonini qiziqish bilan kuzatib borayotganligini ta’kidladi.

Janob Dato Lim Jok Xoy 19−20 fevral kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi janob Vladimir Norovning Jakartaga qilgan tashrifini alohida ta’kidlab o‘tdi. Unda ASEAN va SHHT o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini shuningdek ushbu tashkilotga a’zo malakatlarning o‘zaro munosabatlarini yanada mustahkamlash to‘g‘risida muzokaralar olib bordilar.

O‘zbekiston va ASEAN tashkilotining hamkorligi va mavjud xalqaro tashabbuslarni hisobga olgan holda, bosh kotib O‘zbekistonning uyushmaga a’zo mamlakatlar bilan transport, savdo va investitsion aloqalarini kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Shuningdek, bu jarayon O‘zbekiston ASEAN o‘rtasida o‘zaro savdo-sotiq ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi.

Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan 10 davlat (Bruney, Vetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin)ning mintaqaviy hukumatlararo tashkiloti bo‘lib, 1967 yil 8 avgustda Bangkokda «Bangkok deklaratsiyasi"ni imzolash orqali tashkil etilgan.

2018 yil yakunida tashkilotga a’zo davlatlarning aholisi 651 million kishidan oshdi, YAIM 3 trillion dollardan, tashqi savdo aylanmasi esa 2,3 trillion dollardan oshgan.