22−24 fevral kunlari Vengriyada yunon-rum kurashi bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu reyting musobaqasida jahonning turli mamlakatlaridan polvonlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Quvonarlisi, bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarning uch nafari shohsupaga ko‘tarildi. -55 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Ilhom Bahromov oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, mazkur vazndagi boshqa sportchimiz Javohir Mirahmedov bronza medaliga ega chiqdi. -60 kg vaznli sportchimiz Feruz To‘xtayev finalgacha yetib bordi va kumush medal sohibiga aylandi.

Ushbu ishtirok orqali yunon-rum kurashchilarimiz Tokio olimpiadasi litsenziyasi uchun qimmatli bo‘lgan reyting ochkolarini ishlab olishdi.