25−27-fevral kunlari O‘zbekiston hududida quruq va iliq ob-havo hukmron bo‘ladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi “O‘zgidromet"ga tayanib xabar qildi.

Havo harorati kechasi +3…+8 daraja, kunduzi — +13…+18 daraja, janub va cho‘l hududlarida — +20 darajagacha, ya’ni ushbu davr uchun o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichdan 2−4 daraja yuqoriroq bo‘lishi kutilmoqda.

28-fevraldan 2-martga qadar respublika hududiga Turkmanistondan nam havo oqimi kirib keladi.

O‘zbekiston bo‘ylab havo bulutli bo‘ladi, 28-fevral-1-mart kunlari ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2-mart kuni respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysida bu muddat davomida yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati kechasi +3…+8, 28-fevral-1-mart kunlari — +13…+18, 2-mart kuni — +10…+15, tog‘li hududlarda kechasi −2…+3, kunduzi — +5…+10 daraja bo‘ladi.

Yaqin vaqtlardagi ob-havo ma’lumotlari