O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tashabbusi bilan Malayziya muftiysi Perlis Mohd Asri bin Zaynul Abidin O‘zbekistonning faxriy ziyorat turizm elchisi etib tayinlandi. 2019 yil 21−23 fevral kunlari Buxoroda o‘tkazilgan Birinchi xalqaro ziyorat turizmi bo‘yichp forumda O‘zbekiston tarixida birinchi marta unga elchilik sertifikati taqdim etildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mohd Asri ibn Zaynul Abidin islom nazariyasi bo‘yicha doktorlik ishini qilgan va Malayziyada taniqli shaxs hisoblanadi. U uzoq vaqt davomida Malayziya ilmiy universitetida, Uels universiteti va Oksford (Buyuk Britaniya) universitetida islomshunoslik markazida dars berib kelgan. Muftiy Malayziyada jamoatchilik fikri bo‘yicha yetakchilardan sanaladi biri va islom dinining bag‘rikenglik g‘oyasini ilgari suradi.

Malayziya xalqini musulmon madaniy qadriyatlar va O‘zbekistonning boy ma’naviy va tarixiy merosi haqida xabardor qilish uchun ma’ruzalar o‘qiydi Malayziyaning markaziy masjidlarida juma namozlari davomida muntazam ravishda bu mavzuga to‘xtalib o‘tadi. Bundan tashqari Feysbukda 1,1 milliondan ortiq obunachilari bo‘lgan faxriy elchi ijtimoiy tarmoqlarda faol ravishda sayyohlarni O‘zbekistonga tashrif buyurishga undamoqda.

Shu bilan birga muftiy O‘zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlik guruhlariga malayziyalik islom olimlarni doimiy ravishda jalb qilish bo‘yicha ish olib bormoqda. Kuala-Lumpurda Malayziyaning taniqli islomiy namoyandalari ishtirokida o‘tkaziladigan forumda uning «Yangi O‘zbekiston: Islom olimlarining vatani» mavzusida chiqish qilishi kutilmoqda.