Jizzax viloyatiga Janubiy Koreya Respublikasining «LG Internatioanal» Co.Ltd kompaniyasi vitse-prezidenti Jun Kim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda Jizzax viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tashrifni viloyat hokimi o‘rinbosari A.Ahmadxo‘jayev hamda viloyat Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i B.Akramovlar boshchiligida kutib olinib, viloyat hokimligining ma’muriy binosida uchrashuv uyushtirildi.

Uchrashuvni viloyat hokimi o‘rinbosari A. Ahmadxo‘jayev ochib berib, viloyatda keyingi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida va Jizzax viloyatida joriy yilning 1 martidan «Ilg‘or hudud» dasturining istiqbollari va viloyatning investitsion va turizm salohiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘z o‘rnida «LG Internatioanal» Co.Ltd kompaniyasi vitse-prezidenti Jun Kim so‘zga chiqib, 2018 yil 29−30 avgust kunlari Jizzax viloyatida o‘tkazilgan Xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan umumiy qiymati 40,0 million AQSH dollarlik «BOPP plyonka ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish» yuzasidan bitimning keyingi istiqbollari va hokimlik tomonida loyihani amalga oshirish belgilangan hududni ko‘zdan kechirish hamda ushbu loyihani jadallashtirish yuzasidan tegishli savollarga javoblar olindi.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar loyiha doirasidagi keyingi amaliy ishlar to‘g‘risida kelishib oldilar.