Osiyo chempionlar ligasi saralashining uchinchi bosqichida Olmaliqning AGMK jamoasi ham qatnashib, Tojikistonning «Istiqlol» klubini mag‘lub etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari Tojikistonning «Istiqlol» jamoasiga qarshi bahs o‘tkazib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jamoa endi guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun safarda Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

AGMK — «Istiqlol» 4:2

12 fevral, Olmaliq. «OKMK» stadioni. 7920 tomoshabin

Gollar: Dilshod Jo‘rayev (25), San’at Shixov (72), Jasur Hakimov (78), Zafar Polvonov (82) — Muhammadjon Rahimov (2), Jalil Kimsanov (62).

Hakamlar: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya), Lakrindis Jorj, Rayan Mark Gallaxer (ikkisi Avstraliya).

Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Xail (Qatar)

Komissar: Kemel Tokabayev (Qirg‘iziston)

AGMK: Akbar To‘rayev, Mirjamol Qosimov (G‘ulomHaydar G‘ulomov, 68), Dilshod Jo‘rayev, San’at Shixov, Zafar Polvonov, Zohir Pirimov (Jasur Hakimov, 68), Jasur Hasanov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Bobur Yuldashov.

Zaxira: Suhrob Sultonov, Miryulub Kostich, Akmal Shorahmedov, Shahboz Umarov, Sherzod Fayziyev.

«Istiqlol»: Nikola Stoshich, Baxtiyor Qalandarov (Jalil Kimsanov, 19), Iskandar Jalilov, Mixaylo Sakich, Alisher Jalilov, Muhammadjon Rahimov, Ehsoni Panshanbe, Fatxullo Fatxulloyev (Nozim Babajonov, 86), Ahtam Nazarov, Amirbek Jo‘raboyev (Kamron Tursunov, 80), 21.Oleksey Larin

Zaxira: Rustam Yatimov, Nuriddin Davronov, Sheriddin Boboyev, Shahrom Sulaymonov.

Ogohlantirishlar: Sakich 21, Rahmatov 47, Larin 55.