Toshkentning Olmazor tumanida nazoratsiz qolgan uch yoshli bola uchinchi qavatdagi kvartiraning ochiq derazasidan yiqilib tushdi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati hodisa haqidagi xabar 12 fevral kuni yarim tundan so‘ng kelib tushdi.

Bola buvisining uyida balkondagi deraza tokchasi balandligida bo‘lgan topchan ustiga chiqadi va pastga yiqilib tushishi natijasida tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqiziladi.

IIBB bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik hamda derazalarga to‘siqlar o‘rnatishga chaqirdi.