12 fevral kuni O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchiliklar kutilmaydi, faqatgina janubiy qismlariga nam havo oqimlari kirib keladi va ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zgidrometga tayangan holda xabar qildi.

Shu kuni havo harorati kechasi +5…+7, kunduzi +14…+17 darajagacha tushishi kutilmoqda.

13−14 fevral kunlari O‘zbekiston bo‘ylab iliq havo massalari ortidan Volgabo‘yi mintaqasidan sovuq havo oqimlari kirib keladi — respublika bo‘ylab yomg‘ir, shimolda — yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Payshanba kuni havo harorati +5…+10 darajagacha tushadi.

Juma kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliklar to‘xtaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, qorga aylanish ehtimoli bor. Havo harorati kechasi −2…+3, kunduzi — +7…+12 darajagacha tushishi kutilmoqda.

16 fevral kuni yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, havo harorati kunduzi +10…+15 darajagacha ko‘tariladi.

Yaqin kunlardagi ob-havo ma’lumotlari