Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 6 fevral Olmazor MFY Murtak qishlog‘ida yashovchi D.S. (ismli ayol) uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, T.R.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur hodisa natijasida T.R. kasalxonaga yotqizilgan. D.S. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.