Toshkent markazidagi Amir Temur va Navoiy ko‘chalari chorrahasida (UMS bosh idorasi qarshisida) transport vositalari uchun qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochildi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Qayrilib olish joyi chorrahada (Google-xarita) qayrilish va burilishda ko‘p sonli avtomobillar to‘planishining oldini olishi lozim.

«Gazeta.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, Toshkent Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti hamda IIBB YXXB boshqa chorrahalarda ham shu kabi qayrilish joylarini ochishni rejalashtirmoqda.

Jumladan, Amir Temur ko‘chasining Toshkent moliya instituti yaqinidagi qismida ham qayrilib olish joyini ochish belgilangan.

Bundan tashqari, Kichik halqa yo‘lida Lutfiy ko‘chasi bilan chorrahada (Foziltepa ko‘chasidan kelish yo‘nalishida, xarita) hamda Foziltepa bilan chorrahagacha qismda (xarita) paydo bo‘ladi.