Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, 2019 yilning 2 fevral kuni bedarak yo‘qolgan 1 nafar shaxs topilib, ilgari sodir qilgan jinoyati uchun sud va tergovdan qochib yurgan 15 nafar shaxs ushlandi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, avval qayd qilinib, ochilmay qolgan jinoyatlardan 19 tasi ochildi.