2019 yil 24 yanvarda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.I. o‘zi tomonidan shaharsozlik qoidalariga zid ravishda qurilgan turar joyga oid kelib tushgan arizani ijobiy hal qilib berish evaziga Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori katta yordamchisiga 1000 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.