26 yanvarga o‘tar kechasi Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH natijasida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi, bir ayol tan jarohatlari oldi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Ekopark yaqinida avariya sodir bo‘lgani haqidagi xabar IIBBga taxminan 2:00da kelib tushgan. 25 yoshli Asrorbek T. boshqarib kelayotgan Nexia avtomobili reklama banneri o‘rnatilgan ustunga borib urilgan. Mashinada uch nafar ayol yo‘lovchi bo‘lgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, YTHga avtomobilni yuqori tezlikda haydash va boshqaruvning izdan chiqishi sabab bo‘lgan.