Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan uyali aloqa telefonlarini yurtimizga noqonuniy olib kirish holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Seul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelib, «yashil» yo‘lakdan harakatlanayotgan fuqaro V.Ch. belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning yuk sumkalarida bojxona nazoratidan yashirin tarzda olib o‘tilayotgan 24 dona uyali telefon va 42 dona kompyuter ehtiyot qismlari borligi aniqlandi. Ushbu tovar moddiy boyliklarining umumiy qiymati qariyb 21 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.