Ellik besh nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan ikki bola 12 yanvar kuni Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida texnik nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, Van Hool rusumli avtobus (davlat raqami 310 DHB 13) Toshkentdan Krasnoyarskka yo‘l olgan. Yo‘lovchilarga unga Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Jibek Joli (sobiq Chernyayevka) chegara-o‘tkazish punktida o‘tirishgan.

Avtobus «Pavlodar-Ostona» avtomobil yo‘lida Kalmakan qishlog‘idan 30 km uzoqlikda to‘xtab qolgan. Taxminan 14:10 da Pavladar Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari yo‘lovchilarni isitish punktiga — «Sputnik» stansiyasi yaqinidagi o‘rta maktab binosiga evakuatsiya qildi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatish ehtiyoji bo‘lmagan.

Yo‘lovchilarni so‘nggi manzilga yetkazish uchun Novosibirskdan yo‘lovchi avtobus yo‘lga chiqqan. U 13 yanvar kuni 13:00 da manzilga yetib boradi.