Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Farmon bilan mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan:

yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

jismoniy shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

xususiylashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk hisoblanadi va daxlsizdir;

xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan holda hamda hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi.