Joriy yilning 27 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashagan T.G‘.ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, oqibatda uyning 8 kv.m. maydonida bo‘lgan o‘rin-ko‘rpalari yonib zarar ko‘rgan hamda uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.