Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar tezkor vakillari ishtirokida Termiz shahri «Bo‘ston» mahallasida joylashgan «Aziya» nomli restoran yonida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir natijasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O.X. 3 million so‘mlik jami 6130 dona pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.