Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev jinoyat sodir etgan shaxslarga jazo tayinlashda ularni jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalashga e’tibor qaratilayotganligini alohida qayd etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ular yetkazilgan zararni qoplagan taqdirda ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralari ko‘rilishi, jinoyat sodir etgan shaxslarga ta’sirchan tarbiyaviy usullarni qo‘llash kengaymoqda.

Jinoyatlarni tergov qilishda ham zamonaviy usullar joriy etilmoqda. Ya’ni jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan shaxslarni masofadan so‘roq qilish imkoni yo‘lga qo‘yildi. Hozirda poytaxtning Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida bu tizim sinov tariqasida ishlab turibdi.