Vazirlar Mahkamasining Sudyalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan, sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar beriladi:

kredit muddati — uch oylik imtiyozli davr bilan 5 yil;

dastlabki badal — sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;

kredit bo‘yicha foiz stavkasi — Markaziy bankning kredit berish sanasidagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda.