Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosini fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.S. salkam 7 million so‘mlik, jami 33 173 dona pirotexnika vositalarini pullayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.