O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahrom Gaziyev Qatar zamonaviy beshkurash federatsiyasi bosh kotibi Badr Darvesh bilan uchrashdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilish, tajriba almashish va boshqa muhim masalalarni muhokama qilishdi. Shuningdek, tajribali mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi o‘z oldiga Tokio-2020 olimpiadasiga litsenziya qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ygan.