Samarqand avtomobil zavodi Toshkentdagi birinchi Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida avtobus va yuk mashinalarining yangi modellarini taqdim etdi, deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Shahar ichida harakatlanishga mo‘ljallangan yangi SAZ HC45 avtobusi Isuzu NPR82 shassisi bazasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, siqilgan tabiiy gazda (CNG) ishlovchi dvigatel bilan ta’minlangan.

Avtobusning yo‘lovchi sig‘imi 39 kishini, yo‘lovchilar o‘rindiqlari soni esa 18 tani tashkil etadi. Mashina 130 ot kuchiga ega Isuzu 4HV1 dvigateli bilan jihozlangan. Umumiy sig‘imi 300 l bo‘lgan ikkita gaz balloniga ega.

Zavod Yevro-3 va Yevro-5 ekologik standartlariga javob beruvchi N va F seriyali yuk avtomobillarining yangilangan qatorini ham taqdim etdi.

Furgonli Isuzu NPR75K modeli 155 ot kuchiga ega mexanik tezlik uzatmalar qutili dvigatel bilan ta’minlangan bo‘lib, to‘liq vazni 7,5 tonnani tashkil etadi. Kabinasi nostandart rangda — kumushsimon metallik.

240 ot kuchiga ega, mexanik tezlik uzatmalar qutili Isuzu FVR34Q yuk mashinasining to‘liq vazni esa 17 tonnadan iborat.

Yana bir yangi samosval — Isuzu CYZ 390 ot kuchi quvvatga ega mexanik tezlik uzatmalar qutili dvigatelga ega bo‘lib, to‘liq vazni 33 tonnani tashkil etadi. Zavodda 2008−2009 yillarda kattaroq samosvallar ishlab chiqarilgan edi, talab borligi munosabati bilan seriyani ishlab chiqarishga qaytarishga qaror qilindi.

Kompaniya siqilgan gazda harakatlanuvchi Isuzu NPR82 yuk mashinasini ham taqdim etdi. Mazkur modeldagi mashina ilk bor 2013 yilda chiqindi tashuvchi bo‘lgan, keyinchalik yuk (furgonlar, bortlar, samosvallar) va maxsus (assenizatorlar) hisobiga uning safi kengaytirildi.