25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 27 noyabr kuni Moskva metrosining Sokolniki liniyasidagi «Yugo-Zapadnaya» stansiyasida poyezd ostiga tushib ketib, olgan jarohatlari tufayli vafot etdi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Erkak kirib kelayotgan elektropoyezd ostiga yiqilib tushgan. Mashinist darhol tormoz bergan, biroq poyezd inersiya ta’sirida harakatda davom etib, yo‘lovchiga borib urilgan.

Moskva metrosining ichki ishlar bo‘limi matbuot kotibi Aleksey Mishlyayevning so‘zlariga ko‘ra, marhumning jasadini olish uchun elektr tokini uzishga to‘g‘ri kelgan. Tez tibbiy yordam guruhi yo‘lovchi poyezd urishi oqibatida vafot etganini qayd etgan.

Politsiya guvohlar va elektropoyezd mashinistini so‘roq qilib, kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni o‘rganmoqda.