O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan JKning bir kator mansabdorlik jinoyatlari fakti yuzasidan jinoyat ishi kuzgatilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Tergov harakatlari davomida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi direktori R.I., agentlik direktori o‘rinbosari U.N., agentlik bo‘lim boshlig‘i A.A. va sho‘’ba mudiri O.M.larga 16 noyabr kuni ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

«Tergov siri nuqtai nazaridan ish yuzasidan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish maqsadga muvofiq emas», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.