Qishning ilk kunlari sovuq keladi. 1 dekabr kuni O‘zbekistonning katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Yakshanba kuni quruq va sovuq havo hukmron bo‘ladi.

Havo harorati 7−9 daraja pasayib, 2 dekabrga qadar kechasi −7…−2, kunduzi esa +3…+8 darajaga tushadi. O‘zgidromet ma’lumotlarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘z Telegram-kanalida e’lon qildi.

28 noyabr kuni respublika bo‘yicha Turkmaniston hududidan kirib kelgan nam havo oqimlari keltirib chiqargan yog‘ingarchiliklar tinadi, biroq Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchiliklar ehtimoli saqlanadi.

Payshanba va juma kunlari O‘zbekiston bo‘ylab issiq va quruq ob-havo kutilmoqda. Kunduziga harorat asta-sekinlik bilan +13…+15 darajaga qadar ko‘tariladi.

Uch-olti kunlik ob-havo ma’lumotlari