Bugungi kunga qadar «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 1253 ta bo‘sh yer uchastkalari 348 milliard 943 million so‘m investitsiya kiritish, 5368 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 9 milliard 967 million 800 ming so‘mga sotildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda — 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha — qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi.

Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalari «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

«Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi» DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 3249 ta bo‘sh yer uchastkalari, 813 milliard 580 million so‘m investitsiya kiritish, 12285 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 21 milliard 356 million 600 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 1253ta bo‘sh yer uchastkalari 348 milliard 943 million so‘m investitsiya kiritish, 5368 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 9 milliard 967 million 800 ming so‘mga sotildi.

Hozirda «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 1996 ta bo‘sh yer uchastkalari 19 milliard 247 million so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 172 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 milliard 313 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

— Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 225 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 11 milliard 950 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

— Farg‘ona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 55 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 553 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 18 milliard 665 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

— Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 70 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 milliard 175 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

— Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 286 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 16 milliard 180 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

— Surxandaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida,

101 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 milliard 120 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

— Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 19 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 133 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 5 milliard 550 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

— Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 29 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 464 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 7 milliard 781million 596 ming so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

— Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 154 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 milliard 850 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi.

— Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 331 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 13 milliard 150 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi.

— Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 150 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 milliard 640 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

— Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 88 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 milliard 710 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

— Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 330 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 24 milliard 580 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Bugungi kunga qadar «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 85 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 914 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 31 milliard 760 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan6 milliard 371 million 85 so‘m miqdorga sotildi.

Tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.