Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining Huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limi va O‘rtachirchiq tumani davlat soliq inspeksiyasining qo‘shimcha daromadlarni aniqlash va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limi jismoniy shaxslar bilan ishlash sho‘’basi tomonidan O‘rtachirchiq tumani hududida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar berdi.

Tadbir davomida tumanning A.Navoiy mahallasi, Bek shohko‘chasi avtomobil yo‘lining yoqasida, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, General Uzoqov ko‘chasi, 61-uyda yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro Qo‘chqorov Mahmud Muxtorovich davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, hech qanday hujjatlarsiz qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechlarini naqd pulga sotayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, mazkur holat aniqlangan joyda fuqaro M. Qo‘chqorovga tegishli 214 dona umumiy qiymati 3,2 mln. so‘m bo‘lgan qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.