Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi muharriri lavozimida ishlab kelgan R.T. Kasbi tumanidagi umumta’lim maktablarining birida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan R.Y. ga maktab direktori bo‘lishi uchun yordam berishini aytib, undan pul ta’ma qiladi. Bu haqda mahalladosh.uz xabar berdi.

Unga pulni berishga rozi bo‘lgan R.Y. bu haqda huquqni muhofaza qilish xodimlariga xabar beradi. Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi va Qarshi shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.T. 3 million 500 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.