Karimov Xidir Samatovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi. X.Karimov shu kunga qadar Navoyi viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Avval xabar qilinganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida ishlab kelgan Rahmatov Rashid Nasrulloyevich O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.