Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori Dilorom Toshmuhammedova Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi. Bu haqda Toshkent hokimiyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Saylov Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlarining qo‘shma majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.

Dilorom Toshmuhammedova Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri bo‘lgan. Toshkent Davlat tibbiyot instituti (1984) va Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan (2003).