27 sentyabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanidagi avtopoligonda GM Uzbekistan turbodvigatelli «Malibu» avtomobilining yangi avlodini namoyish qildi va test-drayvdan o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi mahsulot modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyaga muvofiq ishlab chiqarilmoqda. Test-drayv ishtirokchilari avtomobilning barcha afzalliklarini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘lishdi.

Kompaniya xabarida qayd etilishicha, ayni damda deyarli barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar turbopuflagichli dvigatellarga bosqichma-bosqich o‘tmoqda. Avtomobil uskunalari sohaqida o‘zining ishlanmalari bilan mashhur bo‘lgan yirik Amerika korporatsiyasi Honeywell International, Inc. Prognozlariga ko‘ra 2021 yilga borib dunyodagi barcha avtomobillarning 48 foiz turbodvigatel bilan jihozlangan bo‘ladi.

2,5 l. atmosfera dvigateli bilan jihozlangan «Malibu» avtomobilining xarakteristikalari bilan taqqoslaganda turbodvigatelli avtomobil huddi shunday yoqilg‘i sarfida quvvatining 253 l.s. quvvati oshishi bilan farqlanadi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, 2,5 l. hajmli atmosfera dvigatelida bu ko‘rsatkich 186 l.s quvvatni tashkil qiladi. Turbodvigatelli avtomobilning 100 km/sgacha tezlik dvigatelning kichik hajmiga qaramay 1,7 sekundga tezroq.

«Ko‘pchilik turbodvigatelli avtomobil juda ko‘p yoqilg‘i iste’mol qiladi deb o‘ylaydi. Ammo farq u qadar katta emas. Avtomobil turbinasi ko‘proq yoqilg‘i yuborish imkonini beradi, ammo shu bilan birga tejamkorlikni ta’minlaydi. Qanday qilib deysizmi? Gap shundaki, turbomotorning ish hajmi kamroq va yengilroq. Ushbu modelning yoqilg‘i sarfi aralash siklda 100 km.ga 8,5 l.ni tashkil qiladi», — deyiladi xabarda.

«Malibu Turbo» avtomobili «Lyuks» klassdagi avtomobillarning vakili bo‘lib o‘zbek avtomobilsozligida «Lyuks» darajadagi sedanlarning yangi davrini boshlab beradi. U yuqori darajadagi qulaylikka ega avtomobil sanaladi.

Mazkur avtomobil dvigatelning yuqoritexnologik uzoli bo‘lgani sababli unga ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan sifatli moy mahsulotlarini qo‘llash lozim. Mazkur avtomobil uchun tavsif qilingan yoqilg‘i — AI-95.