24 oktyabr kuni Chust tumani G‘ova aholi punktida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi orqali xorijiy valyutani noqoqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deya xabar qildi DXX Chegara qo‘shinlari «Gazeta.uz"ga.

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha xodimlari chegarachilar bilan hamkorlikda 746 ming AQSH dollarini noqonuniy olib chiqilishining oldini oldi.

Mazkur holat bo‘yicha DXX organlari «qonunchilik doirasida chora ko‘rdi», deya qayd etdi Chegara qo‘shinlari vakili.